ZAYUNO / DOCSPortalda ochish ↗AI agent index ↗

Zayuno’ga biznesingizni ulash

Mijoz istagini yozadi. Zayuno provider API’dan mos mahsulotni topadi, yakuniy narxni tekshiradi va mijoz tasdiqlagandan keyin buyurtma yuboradi. Siz katalog, narx, mavjudlik va buyurtma bajarilishini boshqarasiz.

Bu qo‘llanma biznes egasi, dasturchi va uning AI agenti uchun. Hozirgi mahsulot fokusi — ovqat buyurtmalari. Boshqa kategoriyalarga mos contract mavjudligi ularda providerlar yoki mijoz talabi allaqachon borligini anglatmaydi.

1. Qaysi yo‘ldan boshlaysiz?

Sizning vazifangizKeyingi qadam
Biznes egasimanHisob va biznes profilini yaratish
Backend dasturchimanAPI Base URL & Endpoints, keyin Provider reference
Codex, Claude yoki boshqa agent bilan quramanAI agent qo‘llanmasi, portalda AI Kit
API tayyor, xato chiqyaptiTroubleshooting, keyin API tekshiruvi

2. Uchta bosqich

  1. Profil. Hisob oching, emailni tasdiqlang, biznes turi, xizmat ko‘rsatish usuli va support kontaktlarini kiriting.
  2. Integratsiya. Backendda kerakli endpointlarni quring. HTTPS base URL, capability va credentiallarni ulang. O‘z test muhitingizda certification’ni bajaring.
  3. Review va nashr. Dashboarddagi talablarni bajaring va ko‘rib chiqishga yuboring. Certification muvaffaqiyati avtomatik ravishda ommaga chiqarish degani emas.

Mening biznesim sahifasida saqlangan konfiguratsiya, certification, review va provider status alohida ko‘rinadi.

3. Qaysi server qaysi tomonda?

ManzilKim boshqaradiNima uchun
https://partners.zayuno.uzZayunoProvider portal va docs
https://api.zayuno.uz/api/v1ZayunoCore va account API
https://YOUR_HOST/zayunoSizPortalga beriladigan Provider API Base URL
https://api.zayuno.uz/api/v1/webhooks/{providerSlug}ZayunoSiz yuboradigan imzolangan status eventlar

Masalan base URL oxiriga "/health" qo‘shib Zayuno sizning serveringizni chaqiradi. Portal manzilini yoki Zayuno Core URL’ini o‘z base URL’ingiz sifatida kiritmang.

4. Capability profilini tanlang

Bular capability sonlari, endpoint sonlari emas. Masalan CATALOG katalog ro‘yxati va bitta offeringni olishni qamrab oladi. To‘liq matritsa.

5. Birinchi tekshiriladigan so‘rov

Avval developer API key yaratadi va backendda sozlaydi. Keyin o‘z serveringizga GET /health yuboring:

Misol / example
curl "https://YOUR_HOST/zayuno/health" \
  -H "x-provider-api-key: $PROVIDER_API_KEY"

Kutilyotgan JSON va qolgan route’lar contractdan yaratilgan reference ichida. Namuna qiymatlarni ishlab turgan serverdan olingan dalil deb qabul qilmang.

6. Sandbox va real tekshiruv farqi

Sandbox namunaviy provider orqali oqimni tushuntiradi. U sizning API’ingiz ishlayotganini isbotlamaydi.

API tekshiruvi / Certification ulangan provider adapterini tekshiradi. Transactional tekshiruv test buyurtma yaratishi mumkin; o‘zingiz boshqaradigan test katalog va test fulfillment muhitidan foydalaning.

Nashr / ACTIVE — review va faollashtirishdan keyingi alohida holat.

7. Dasturchiga topshirish

AI Kit’da framework va vazifani tanlab briefni nusxalang yoki Markdown yuklab oling. Agent resurslari:

API kalit va webhook secretni briefga yozmang. Agentga muhit o‘zgaruvchisi nomi yetadi.

Provider arizasini bosqichma-bosqich tayyorlash

Hisob va email tasdiqlangach, biznes nomi va kamida bitta to‘g‘ri telefon, Telegram username yoki email kiriting. Keyingi bosqichda public HTTPS API Base URL va provider serveringiz tekshiradigan credential kerak. Bo‘sh Base URL endi avtomatik sandbox yaratmaydi. API tayyor bo‘lmasa, AI Kit va OpenAPI orqali backendni tayyorlang; demo uchun alohida Sandbox bo‘limidan foydalaning.

Logo uchun HTTPS rasm manzilini kiriting yoki PNG/JPG/WebP fayl yuklang (5 MB gacha). Portal rasmni 384px gacha kichraytiradi; 96 KB chegarali raster data URL mavjud logoUrl maydonida saqlanadi. Logo ixtiyoriy.

API sozlamalarini saqlash → sertifikatlash → review tartibida davom eting. Ma’lumot yoki credential o‘zgarsa, qayta saqlash va sertifikatlash kerak; qadam havolasi yoki saqlangan brauzer drafti bu tekshiruvni chetlab o‘tmaydi.